Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Amerikaga kuchli qum bo‘roni yopirilmoqda

Amerikaga kuchli qum bo‘roni yopirilmoqda

39 ming aholi chiroqsiz qolgan, ayrim parvozlar bekor qilingan.

AQShda har yili o‘tkaziladigan “Burning man” festivali arafasida Black Rock cho‘liga qum bo‘roni yopirildi. Bu haqida mahalliy nashrlar yozmoqda.

Noqulay ob-havo tadbir ishtirokchilarining lagerlariga zarar yetkazgan. Shamol tezligi 80 km/soatgacha yetib, qurigan ko‘l tubidan chang ko‘tarilgan. Ko‘rish masofasi esa 30 sm gacha qisqargan.

Finiks aeroportiga yopirilgan qum bo‘roni sabab barcha parvozlar vaqtincha bekor qilindi. Ofat tufayli aeroport elektrsiz qoldi, bo‘ron binolar tomining bir qismini ham uchirib yubordi.

Ma’lumot uchun, “Burning man” festivali har yili AQShning Nevada shtatidagi Black Rock cho‘lida o‘tkaziladi. U avgust oyining oxirida boshlanadi va sentyabrning boshida tugaydi. Tadbirda butun dunyodan minglab ishtirokchilar tashrif buyurishadi.

Bundan avvalgi tadbirlarda ham ob-havo bilan bog‘liq noqulay vaziyatlar yuz bergan. Xususan, 2023 yilning 3 sentyabr kuni “Burning man festivalining bir necha ming ishtirokchisi kuchli yomg‘ir sababli sahroda qolib ketgan.

Kiritildi: 18:28 26.08.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!