Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Amerikada yana bir IT giganti kapitalizasiyasi $1 trlnga yetdi

Amerikada yana bir IT giganti kapitalizasiyasi $1 trlnga yetdi

Amerikaning IT shirkati Alphabet Inc. Apple, Microsoft hamda Amazon’dan keyin kapitalizasiyasi $1 trlnga yetgan to‘rtinchi kompaniyaga aylandi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Alphabet shirkati dunyoga mashhur qidiruv sayti Google'ga egalik qiladi.

Payshanba kuni birjada kompaniya aksiyalari 0,87 %ga qimmatlab, donasi 1451,7 dollarga yetgan. Shunda kompaniya umumiy kapitalizasiyasi 1 trln dollarga teng bo‘lgan.

Hozirda Apple’ning bozor bahosi taxminan $1.4 trln, Microsoft’ning kapitalizasiyasi $1.2 trln, Amazon’niki esa 931 mlrd dollarga baholanmoqda (Amazon kapitalizasiyasi o‘tgan yili $1 trlnga yetgan edi).

Alphabet xolding tarkibiga Google’dan tashqari, Android operasion tizimi, YouTube videoxostingi, Verily tibbiy tadqiqotlar markazi, Calico biotexnologiya ilmiy tadqiqotlar markazi, Sidewalk Labs, Nest, Google Ventures, Google Capital va Google X kompaniyalari kiradi.

 2019 yil 30 sentyabr holatiga xoldingda ishlovchi xodimlar soni 114 mingdan oshdi.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 20:19 17.01.2020. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!