Amerikaning USS Annapolis atom suv osti kemasi AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Yonhap agentligiga ko‘ra, manevrlar Janubiy Koreyaning Cheju oroli yaqinidagi suvlarda bo‘lib o‘tgan.
Aniqlik kiritilishicha, mashg‘ulotlar doirasida hududda KXDR suvosti kemasi paydo bo‘lgan taqdirda chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
“Ushbu mashg‘ulotlar Janubiy Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlarining javob imkoniyatlarini kuchaytirish va Shimoliy Koreya suvosti kemalarining kirib kelishiga tayyorgarlik ko‘rishda o‘zaro hamkorlikni oshirish maqsadida tayyorlangan”, — dedi Janubiy Koreya harbiylari.