Ilon Mask Qo‘shma Shtatlarda yangi siyosiy kuch — «Amerika partiyasi»ni tashkil qilish niyatida ekanini aytdi
U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Qo‘shma Shtatlarda 80 foiz mo‘’tadil ko‘pchilikni haqiqiy ifodalovchi siyosiy partiya yaratish vaqti keldimi?», deb so‘radi u obunachilardan.
So‘rovnoma ishtirokchilarning 80,4 foizi yangi siyosiy kuch yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan, 19,6 foizi esa qarshi chiqqan.
«Xalq o‘z fikrini aytdi. Qo‘shma Shtatlarga mo‘’tadil ko‘pchilikni ifodalovchi yangi partiya kerak. 80 foiz odam bunga rozi. Bu taqdir», deb yozdi Mask ovoz berish natijalarini sharhlar ekan.