Amerikaning Amazon texnologik giganti omborlarida foydalaniladigan robotlar soni tez orada u yerda ishlovchilar odamlar sonidan oshib ketishi mumkin.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya omborlarida milliondan ortiq robot ishlaydi, bu Amazon uchun rekord ko‘rsatkichdir va bu allaqachon omborlardagi xodimlar soniga deyarli teng. Amazon tomonidan u yoki bu tarzda yetkazib beriladigan buyurtmalarning 75 foizida robotlar ishtirok etadi. Bu kompaniyaga ish unumdorligini oshirish va shu bilan birga yangi xodimlarni ishga olish sur’atini kamaytirish imkonini berdi.
Nashrning eslatishicha, Amazon robotlar ishlab chiqaruvchi Kiva Systems (hozirgi Amazon Robotics) kompaniyasini 775 million dollarga sotib olgan 2012 yildan beri jarayonlarni avtomatlashtirish ustida faol ishlamoqda. O‘sha paytda robotlar asosan og‘ir yuklarni tashishi mumkin edi, biroq vaqt o‘tishi bilan ularni ko‘tarish, saralash va qadoqlashga o‘rgatilgan.
Amazon Robotics texnik direktori Tay Bredi The Wall Street Journal nashriga avtomatlashtirish ishchilarning ommaviy ishdan bo‘shatilishiga olib kelmasligini aytdi, chunki robotlar ularni almashtirish uchun emas, balki ularning ishini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan. Biroq, nashrning ba’zi ekspertlari Amazon hali ham kelajakda o‘zining yirik omborlaridagi ishchilar sonini sezilarli darajada qisqartirishni xohlayotganiga ishonishdi.