Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Altun: "Isroilning G‘azoga hujumi natijasida 5500 nafar begunoh bola va go‘daklar halok bo‘ldi"

Altun: "Isroilning G‘azoga hujumi natijasida 5500 nafar begunoh bola va go‘daklar halok bo‘ldi"

Tinchlik, osoyishtalik va xavfsizlikda yashashi kerak bo‘lgan bolalar hozir G‘azo sektorida qurollar, bombalar va o‘limga duch kelishmoqda.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altunning Butunjahon bolalar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan e’lon qilgan nashrida aytiladi.

Uning eslatishicha, 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azoga hujumi natijasida 5500 nafar begunoh bola va go‘daklar halok bo‘lgan.

Altunning aytishicha, dunyo mamlakatlari bolalarning huquqlari u yoqda tursin, hatto yashash huquqi ham e’tibordan chetda qolayotgan G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarga sukut saqlamoqda.

"Bu dunyo bolalarga loyiq emas. Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bu safar farzandlarimiz uchun chaqirig‘ini takrorlaymiz: Adolatli dunyo bo‘lish imkoniyati bor" - deb yozadi Altun.

Kiritildi: 22:51 20.11.2023. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!