Xitoyning ayrim maktablarida a’lochi o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun g‘ayrioddiy usul tanlandi.
Yuqori baholar olgan va fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilarga an’anaviy diplom yoki faxriy yorliqlar bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari ham taqdim etilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim maktablarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan bolalarga mukofot sifatida 3–5 kilogrammdan go‘sht berilmoqda.
Bunday tashabbusdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mehnatini amaliy tarzda qadrlash va ularda yanada yaxshi o‘qish uchun qo‘shimcha motivasiya uyg‘otishdan iborat.