Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Alkogol va tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasini qisqartirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda

Alkogol va tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasini qisqartirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasini oldini olish va chek qo‘yishga qaratilgan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, profilaktik chora-tadbirlar doirasida

🔹 14 ta spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning manziliga borgan holda ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi;

quyish va qadoqlash uskunalarida hisoblagich mavjud bo‘lmagan korxonalarda hisobga olish vositalarining to‘liq o‘rnatilishi ta’minlandi;

spirtni noqonuniy ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadida xarid qiluvchi shaxslarning spirt xarid qilish imkoniyatlari qonun doirasida cheklandi.

Bundan tashqari, tezkor-qidiruv imkoniyatlari orqali joriy yilning o‘tgan davrida 498,1 ming dona alkogol va 1,6 mln quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xususan, alkogol mahsulotlarini realizasiya qiluvchi 563 ta holatda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida jami 498,1 ming dona alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Jumladan:

🔹 159,5 ming dona qalbaki aksiz markali;

🔹102 ming dona eski namunadagi aksiz markali;

🔹 kontrafakt mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan 192,1 ming dona yorliqlar;

🔹 185 nafar fuqaro tomonidan 79,4 ming dona tegishli hujjatlarsiz alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritish borasida o‘tkazilgan 641 ta holatda jami 1 mln 662 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Hurmatli ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar hamda fuqarolar!

Qonunchilikka binoan 2021 yil 1 yanvardan — tamaki va alkogol mahsulotlarini identifikasiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi o‘rnatilgan bo‘lib, markirovkalanmagan mahsulotlarni muomalaga kiritish qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilganingizda onlayn-nazorat kassa mashinasi chekini talab qilishni unutmang!

Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Kiritildi: Bugun 11:12. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!