Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Alisher Uzoqov: "Zapret"ga tushganimda hamma mendan yuz o‘girdi" (video)

Alisher Uzoqov: "Zapret"ga tushganimda hamma mendan yuz o‘girdi" (video)

Aktyor, rejissyor, boshlovchi Alisher Uzoqov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Alisher Uzoqov sababini aniq bilmasdan 3,5 yillik «zapret»da yurgani haqida gapirdi.

"Depressiya bo‘ladi, shuncha qiyinchilikni depressiyasiz o‘tkazish uchun odam bez bo‘lishi, yuzi va yuragi eshshakning terisidan bo‘lishi kerak. Taqiqdan keyin ancha ko‘zim ochildi, ishimga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi. Men avvalgi Alisher emasman. Butunlay o‘zgardim. Boshimdan o‘tganlarini dushmanimga ham ravo ko‘rmasdim. Chunki faqat kino sohasida ijod qilayotgan ijodkor uchun shunchaki 3,5 yil uyda o‘tirish juda qiyin. ‘Zapret’ sababini bilmayman. Hech kim buning sababini, nimagaligini aytmagan. O‘sha paytlar yonimda hech kim qolmadi, eshigimni birov taqillatib kelmadi. Shuning uchun ham hozir kimdir kelib yaxshi gapirsa, uni nima uchun bunaqa gapirayotganini yaxshi bilaman. O‘shandan so‘ng ishimga, sohaga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi".

Alisher Uzoqov, aktyor, rejissyor, prodyusser

Kiritildi: 16:16 14.06.2019. O'qildi: 4773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!