Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov rahbarligidagi ta’limga mas’ul Parlament komissiyasining Buxoro viloyatiga safari Buxoro davlat universitetidan boshlandi.
Parlament a’zolari bu yerda cenator Abira Huseynova hamda oliygoh rahbariyati bilan uchrashib, so‘nggi yillarda ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlar, malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashdagi muammolar, ularning yechimlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi, takliflar o‘rtaga tashlandi.
– Oliy ta’lim muassasasi tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim. Ya’ni, oliy ta’limda faqat yetuk mutaxassis tayyorlanadigan muhit yaratilishi kerak, – dedi Alisher Qodirov uchrashuvda.
Parlament komissiyasining Buxoro viloyatidagi safari davom etmoqda.