Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi

A A A
Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Xalq yuragi” turkumiga kiruvchi “Alisher Navoiy” nomli hujjatli tarixiy film suratga olindi.
Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kartina o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy shaxsiga bo‘lgan qarashlarning yangicha talqini asosida ishlangan. Unda tarixiy-badiiy rekonstruksiyalar, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari – navoiyshunos olimlarning intervyularidan foydalanilgan.

Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, sahnalashtiruvi rejissyor Shohrux Rasulov. Rollarni Muhammad Rafiqov, Elmurod Shodiyev, G‘ayrat Boymirzayev, Anvar Azimov, Asal Abdullayeva, Ali Choriyev ijro etishgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shu kunga qadar “Xalq yuragi” turkumidan “Ogahiy”, “Zahiriddin Muhammad Bobur”, “Zulfiya”, “Muhammad Yusuf”, “Berdaq” kabi jami 24 ta film ishlandi. Ular bugungi kunda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish etilmoqda.
“Alisher Navoiy” film “Spektre” studiyasi tomonidan ishlangan. Mazkur kartina ham Mustaqillik bayrami arafasida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

https://t.me/uzbekkinopress/9256

Kiritildi: 17:19 26.08.2021. O'qildi: 2559 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!