Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor M.R. aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli uning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatilgan. Qarzdorning alimentdan qarzdorligi 36 million so‘mdan oshib ketganligi sabab, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Taxiatosh tuman sudiga o‘tkazilgan.
Sud zalida qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan, Taxiatosh tumani “Nayman” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan ikki xonali uyini farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment evaziga undiruvchiga hadya etgan. Shu munosabat bilan, undiruvchi Ye.T. aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarishni so‘ragan va ijro ishi tugatilgan.