Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aliyev va Pashinyan uchrashadi

A A A
Aliyev va Pashinyan uchrashadi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi uchrashuv 5-oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Armaniston Xavfsizlik kengashiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Bryusselga amaliy tashrif bilan boradi.

“Bryusselda 26 sentyabr kuni Grigoryan Fransiya prezidenti maslahatchilari, Germaniya kansleri, Yevropa kengashi rahbari va Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmet Hajiyev bilan 5-oktyabr kuni Granadadagi yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishi rejalashtirilgan”, — dedi Armaniston Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati.

5-oktyabr kuni Granadada Ozarbayjon prezidenti, Armaniston bosh vaziri, Fransiya prezidenti, Germaniya kansleri va Yevropa kengashi rahbari ishtirokida besh tomonlama yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:45 24.09.2023. O'qildi: 1790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!