Bugun 11 may, 2024 yil, shanba

КИР

Aleksandr Usik Ilon Maskka sovg‘a yubordi

Aleksandr Usik Ilon Maskka sovg‘a yubordi

Superog‘ir vazn toifasida yangi jahon chempioni Aleksandr Usik milliarder Ilon Maskka sovg‘a jo‘natdi.

Ukrainalik bokschi Entoni Joshuaga qarshi kechgan jangdan keyin o‘zining NFT-token hamda ringga chiqib keladigan JAXET kostyumini Ilon Maskka sovg‘a qilgan.

"Qo‘llab-quvvatlab turganinglar uchun rahmat! Ilon Maskka hurmatimni izhor qilib, rahmat aytish uchun ajoyib oqshom. Men unga shaxsiy NFT tokenim va maxsus tayyorlangan JAXET kostyumimni sovg‘a qilaman. Ilon, seni chempion chorlamoqda", – deya "Tvitter" sahifasida xabar qoldirgan Usik.

E’tiborlisi, Joshua jangda Usikka qaraganda ko‘proq zarba yo‘llagan - 641-529! Lekin aniq zarbalar soni ukrainalikda ko‘proq bo‘ldi - 148-123!

Kiritildi: 15:55 27.09.2021. O'qildi: 2629 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!