Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Aleks Fergyuson bosh murabbiylikka qaytadi...

Aleks Fergyuson bosh murabbiylikka qaytadi...

Ser Aleks Fergyuson 1 o‘yin uchun yana murabbiylikka qaytadi. Goal portali xabariga ko‘ra, shotlandiyalik mutaxassis Juzeppe Rossi bilan xayrlashuv o‘yinida murabbiy sifatida ishlaydi.

Tadbir dam olish kunlari Florensiyadagi "Artemio Franki" stadionida bo‘lib o‘tadi. Aytish kerakki, Juzeppe o‘z vaqtida "Manchester Yunayted" yoshlar klubi safidan asosiy jamoaga o‘tib, 14 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan.

Aleks Fergyuson 2013 yilda murabbiylik faoliyatini yakunlagan. O‘shandan beri "Manchester Yunayted" biror marta Angliya chempioni bo‘lmadi.

Kiritildi: 23:32 21.03.2025. O'qildi: 4613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!