Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Aldangan hindlar uylariga qaytarildi

Aldangan hindlar uylariga qaytarildi

Hindiston tashqi ishlar vaziri Vikram Misri mamlakatning 85 nafar fuqarosi Rossiya armiyasidan qaytarilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular aldov yo‘li bilan jalb qilingan. Yana 20 ga yaqin hindistonliklar qaytarilishi kerak.

Misrining eslatishicha, bu fuqarolarni Rossiya armiyasidan bo‘shatish Nyu-Dehli va Moskva o‘rtasidagi aloqalardan keyin mumkin bo‘lgan. Nashrning ta’kidlashicha, Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Qozon shahriga BRIKS sammitiga tashrifi arafasida hindlarning uyga qaytishi haqida xabar berilgan.

Mart oyida Hindiston Markaziy tergov byurosi Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtirok etish uchun odamlarni yollash bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni fosh qildi. O‘shanda idora 35 kishi yollangani haqida xabar bergandi. Byuro ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston fuqarolariga Rossiyada ish va universitetlarda o‘qish va’da qilingan. Natijada ularning pasportlari olib qo‘yilib, jangovar harakatlar zonasiga jo‘natilgan.

Kiritildi: 19:00 22.10.2024. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!