Avstraliyadagi parlament saylovlarida leyboristlar yetakchilik qilmoqda.
"Amaldagi bosh vazir Entoni Albaneze boshchiligidagi hukmron Leyboristlar partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozonadi", deb taxmin qilmoqda Avstraliyaning ABC telekanali.
4,9% ovozlar hisob-kitobiga ko‘ra, leyboristlar 29 ta o‘rinni, konservativ markaz-o‘ng koalisiyasi esa 26 ta o‘rinni qo‘lga kiritmoqda. Mustaqil va kichik partiyalarning vakillari esa oltita o‘rin olmoqda.
ABC kutilmalariga ko‘ra, markaz-o‘ng koalisiya yetakchisi Piter Datton ushbu saylovlar natijasida parlamentdagi o‘z o‘rnidan ayriladi.
Agar telekanalning kutilmalari tasdiqlansa, Abaneze Avstraliyada so‘nggi 20 yil ichida ketma-ket ikki saylovda g‘alaba qozongan birinchi bosh vazir bo‘ladi.