Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Al-Qassam brigadalari Tal al-Hava hududida nol masofadan shiddatli kurash olib bormoqda

Al-Qassam brigadalari Tal al-Hava hududida nol masofadan shiddatli kurash olib bormoqda

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga kecha 297 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 4 ta qirg‘in sodir bo‘ldi, 66 kishi halok bo‘ldi, 241 kishi yaralandi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Qalandiya, Baytlahm, Nablus va Jeninda falastinliklarni ommaviy hibsga olish uchun operasiya o‘tkazmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari Tal al-Hava hududida nol masofadan shiddatli kurash olib bormoqda.

▪️Britaniya bosh vaziri Isroil prezidentini G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida zudlik bilan qadam tashlash zarurligi haqida ma’lum qildi.

▪️Bosqinchi havo kuchlari Livan janubidagi Markaba va Aitron shaharlariga hujum qildi.

▪️Bosqinchilarning yangi buyruqlari tufayli o‘n minglab falastinliklar Burayj lagerini tark etmoqda. G‘azoning 86 foizi shunday evakuasiya rejasiga bo‘ysundi.

▪️Erdog‘an: Qorabog‘ga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, Isroil bilan ham shunday qilamiz. Imkonsiz narsani o‘zi yo‘q.

Kiritildi: 05:59 30.07.2024. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!