Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

"Al-Hilol" sport direktori Vinisius transferi haqida gapirdi: "Biz har qanday odamni ishontira olamiz"

"Al-Hilol" sport direktori Vinisius transferi haqida gapirdi: "Biz har qanday odamni ishontira olamiz"

"Al-Hilol" bosh direktori Stiv Kalsada Madridning "Real" klubi yulduzi Vinisius Juniorga qiziqish bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.

Saudiya grandi braziliyalik futbolchiga jiddiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgandi, ammo so‘nggi oylarda "qaymoqranglilar" hujumchisining transferi haqidagi mish-mishlar tindi.

"Vinisius? Saudiya Arabistoni ligasi istalgan futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. Biz hamma narsaga tayyormiz, chunki bizda kerakli vositalar borligini bilamiz. Biz har qanday odamni ishontira olamiz - gap faqat pulda emas," - deya Kalsadaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Vinisius Juniorning transfer narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 170 mln yevroga baholanmoqda. 24 yoshli futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan.

Kiritildi: 09:16 17.06.2025. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!