Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Al-Hilol» «Barselona»dan 15 million yevro talab qilmoqda

«Al-Hilol» «Barselona»dan 15 million yevro talab qilmoqda

Saudiyaning «Al-Hilol» klubi portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni «Barselona»ga tekinga qo‘yib yuborishni istamayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Avvalroq, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi ekani, biroq «Barselona» futbolchini faqat erkin agent maqomida qabul qilishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.

Biroq, voqealarning bunday rivoji «Al-Hilol»ni qoniqtirmasligi aytilmoqda. Saudiya Arabistoni klubi o‘z himoyachisi uchun 15 million yevro talab qilmoqda.

«Barselona» Kanseluni qishki transfer oynasida ijaraga olgan edi. Kataloniyaliklar safida u 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 23:41 24.03.2026. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!