Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Al-Ahli" Maxrezni qo‘lga kiritmoqchi

A A A
"Al-Ahli" Maxrezni qo‘lga kiritmoqchi

Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasi “Manchester Siti”ning jazoirlik yarim himoyachisi Riyod Maxrezni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi 32 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun butun hafta davomida transfer ustida faol ish olib boradi. “Al-Ahli” hali “shaxarliklar” bilan transfer borasida kelishib olgani yo‘q, biroq Saudiya klubi rahbariyati bu masalada yaqin kunlarni hal qilmoqchi. Maxrezning o‘zi bilan muzokaralar iyun oyida boshlangan.

2022/2023 yilgi mavsumda Maxrez Angliya Premyer-ligasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Maxrezning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 10:49 12.07.2023. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!