Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Aksiz markasiz hamda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Aksiz markasiz hamda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.S.” MCHJ mas’ul shaxslari savdo do‘konida umumiy bahosi 131 mln so‘mlik turli nomdagi jami 4 636 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Ellikqal’a va Qo‘ng‘irot tumani bo‘limlari hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar YU.X., A.S.va U.K. fuqarolarga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ularga tegishli do‘kon va xonadondan turli nomdagi jami 649 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:23 04.09.2025. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!