Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Akrom Malikning advokatlari Oliy sud raisi bilan uchrashdilar: "Malikov ishi" qayta ko‘riladi

Akrom Malikning advokatlari Oliy sud raisi bilan uchrashdilar: "Malikov ishi" qayta ko‘riladi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159- va 244-moddalarida nazarda tutilgan Davlat tuzumini konstitusiyaga zid ravishda o‘zgartirish hamda jamoat xavfsizligiga tahdid solish kabi jinoyatlar bilan ayblanib, 2016 yilning 22 iyulida hibsga olinib, 6 yillik qamoqqa hukm qilingan va ayni paytda jazoni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 48-sonli manzil-koloniyada jazo o‘tayotgan 29 yoshli adabiyotshunos Akrom Malikning advokatlari Oliy sud raisining qabulida bo‘lishganini ma’lum qildilar. Bu haqda "sof.uz" nashri xabar tarqatdi.

Advokat F. Mustonovga ko‘ra, Akrom Malikni jinoyatda ayblashga asos bo‘lgan dalillar nomaqbul hisoblanib, ulardan jinoiy ashyo sifatida foydalanish qonunlarimizga ziddir.

Yosh adabiyotshunosning advokatlari Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida bu faktni har tomonlama asoslab berishgan hamda Akrom Malikka doir jinoiy ishni "chaqirtirib", qayta ko‘rib chiqishni va yosh navoiyshunosga nisbatan oqlov hukmini so‘rashgan.

Oliy sud raisi K. Kamilov advokatlarning so‘zlarini diqqat bilan tinglagan va "Malikov ishi"ni qayta ko‘rib chiqishni shaxsan nazoratga olib, adolatli hukm berishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Akrom Malik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining O‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti edi. U o‘z "jinoyat ishi" haqida prezident Shavkat Mirziyoyevga yozgan ochiq xatida bayon qilgan va ozodlik so‘ragan edi.

Yosh ijodkor haqidagi feysbukdagi Akrom Malik ijodi sahifasidan ma’lumot olish mumkin.

Kiritildi: 10:27 22.10.2019. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!