Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Akademik liseylarga kirish test sinovlari 25-26 iyul kunlari o‘tkaziladi

Akademik liseylarga kirish test sinovlari 25-26 iyul kunlari o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, akademik liseylarga kirish test sinovlari joriy yilning 25–26 iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazish vaqti:

25 iyul kuni 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;

26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib: 1-smena soat 9:00 da; 2- smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik liseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi yoki bevosita hujjat topshirgan akademik liseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Kiritildi: 19:23 22.07.2024. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!