Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ajoyib! Avstraliyada yakka shoxli qo‘y topildi (foto)

Ajoyib! Avstraliyada yakka shoxli qo‘y topildi (foto)

Maykl Foster mahalliy fermerlardan birining xonadonida noodatiy hayvonni ko‘rib qoldi. Avstraliyalik qo‘yning peshona qismida o‘sib chiqqan shoxni ko‘rib hayratda qoldi. Vaholanki, qo‘ylarning yakka shox bilan tug‘ilishi odatiy hol emas.

Fermer o‘sha odamga qo‘yini tez orada so‘yish joyiga jo‘natishini aytdi. Ammo avstraliyalik fermerning qo‘yini sotib olishga qaror qildi. Fermerga bir yashik pivo bilan pul to‘lab, qo‘yni uyiga olib ketdi.

Maykl Fosterning bolalari yangi mehmonni ko‘rib mamnun bo‘lishdi. Qo‘yga Joui deb ism berishdi.

Hayvonning fotosuratlari mutaxassislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Olimlar peshonada bitta shoxning sababi genetik mutatsiya ekanligini ta’kidlashmoqda.

Kiritildi: 06:23 21.04.2019. O'qildi: 8185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!