Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ajabo! Insonning o‘limdan oldin nimani his qilishi ma’lum bo‘ldi

Ajabo! Insonning o‘limdan oldin nimani his qilishi ma’lum bo‘ldi

Deyarli barcha odamlar o‘lim jarayonini og‘riq va azob-uqubatlar bilan bog‘lashadi. Avstraliyaning Wollongong universiteti olimlari esa bu borada barchani tinchlantirishga harakat qilmoqda. Ularning aytishicha, o‘lim vaqtida odamlar hech qanday og‘riqni his qilishmaydi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarning 85 foizi og‘riqni his qilmaydi. Hayotning oxirgi daqiqalarida tinim bilmas hayotdan farqli o‘laroq, odam tinchlanadi. Olimlar hayotning oxirida odamlarning ishtahani yo‘qotishi va charchashga moyilligini aniqladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi tuyg‘u juda kuchli bo‘lib, uni oddiy og‘riqlar kabi yo‘q qilish mumkin emas ekan.

Tadqiqot jarayonida bemorlarning 13,3 foizi charchash sababli kuchli stressni boshdan kechirgan, barcha odamlarning 7,4 foizida og‘riq kuzatilgan, 7,1 foizi esa ishtahani yo‘qotgan. Shuningdek, uyqusizlik, ko‘ngil aynish, nafas olish va ichak harakatlari kabi muammolar ham kuzatilgan. O‘lim vaqti yaqinlashganda esa alomatlarning aksariyati yo‘qolar ekan, deydi planetanovosti.com .

Kiritildi: 07:36 26.03.2019. O'qildi: 10850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!