Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AGMK yangi tarix yaratmoqda

AGMK yangi tarix yaratmoqda
Osiyo Chempionlar ligasi saralash bahslarining ikkinchi bosqichida musobaqa debyutanti AGMK jamoasi ham o‘z muxlislariga quvonch ulashdi.
Olmaliqlik futbolchilar o‘z maydonida Tojikistonning Istiqlol jamoasidan 4-2 hisobida ustun kelishdi. Xolbuki, o‘yin davomida Mirjalol Qosimov shogirdlari ikki bor (0:1, 1:2) hisobda orqada qolishayotgandi. Lekin, o‘z uyingda devorlar ham suyaydi , deganidek mahalliy muxlislarning daldasi AGMK futbolchilariga kuch bag‘ishladi va ular qiyin, ammo juda muhim g‘alabaga erishdi.
O‘yin kutilmaganda mehmonlarning shiddatli hujumlari ostida boshlandi va ular ilk urinishda AGMK darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Jarima maydoni ichida yuzaga kelgan palapartishlikdan Istiqlol a’zosi Muhammadjon Rahimov unumli foydalandi. Bunga mezbonlar faqat 25-daqiqaga kelib javob qaytardi.
Jamoa sardori Jasur Hasanov burchakdan o‘yinga kiritgan to‘pni Dilshod Jo‘rayev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va AGMKning tarixiy goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘lim yana mehmonlarning hujumlari bilan boshlandi hamda 62-daqiqaga kelib tojikistonliklar safidagi hamyurtimiz Jalil Kimsanov mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, shu kuni o‘zining ikkinchi yoshligini boshdan kechirayotgan Jasur Hasanovni to‘xtatib qolishning imkoni yo‘q edi. U 72-daqiqada San’at Shixov, 78-daqiqada Jasur Hakimov va nihoyat 82-daqiqada Zafar Polvonovlar tomonidan kiritilgan gollarga assistentlik qildi. Yakuniy hisob 4:2, AGMK ham keyingi bosqichda.

Manba: uza. uz
Kiritildi: 20:45 12.02.2019. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!