Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Agar Konstitusiyada belgilangan huquqimiz qonun bilan buzilsa ...

Agar Konstitusiyada belgilangan huquqimiz qonun bilan buzilsa ...

Konstitusiyaviy islohotlar doirasida inson huquqlarini himoya qilishda samarali vositalardan biri bo‘lgan konstitusiyaviy shikoyat institutini konstitusiyaviy norma bilan mustahkamlash ham nazarda tutilgan.

Konstitusiyaning 109-moddasiga asosan, Konstitusiyaviy sudga “fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitusiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqadi” degan qo‘shimcha vazifa yuklatilmoqda.

Ya’ni, agarda fuqaro o‘zining Konstitusiyada belgilangan huquqini qonun yoki uning biron-bir normasi bilan buzilmoqda deb hisoblasa, ushbu hujjatning konstitusiyaviyligini ko‘rib chiqishni so‘rab Konstitusiyaviy sudga murojaat (shikoyat) qilish huquqidan foydalanishi konstitusiya normalarining real hayotda ishlashini ta’minlaydi.

Xalqaro hujjatlarda ham bu masala alohida tartibga solingan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 8-moddasiga asosan “Har bir inson unga konstitusiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega” deb ko‘rsatilgan.

Fuqarolar va yuridik shaxslarga konstitusiyaviy odil sudlov organiga bevosita murojaat qilish huquqining berilishi Konstitusiyaviy sudda ish hajmining oshishiga sabab bo‘ldi. Avvalgi yillari Konstitusiyaviy sudga bir yilda o‘rtacha 800-1000ta murojaat kelgan bo‘lsa, yangi qonun qabul qilingandan keyin murojaatlar soni 1,5 mingga yetadi. Shundan Konstitusiyaviy sudning vakolatiga taalluqli murojaatlar 127ta (16%)ni tashkil qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu norma Konstitusiya va qonun ustunligini ta’minlashga, Konstitusiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bekzod Narimanov,

Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri

Kiritildi: 14:24 15.08.2022. O'qildi: 1811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!