Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

"Afrika korpusi" Malidagi Kidal shahrini tark etmoqda

"Afrika korpusi" Malidagi Kidal shahrini tark etmoqda

Z-kanallar Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli "Afrika korpusi" bo‘linmalari Kidal shahridan evakuasiya qilinayotgani haqida xabar tarqata boshladi.

Avvalroq rossiyaparast kuchlar isyonchilarning shaharni egallab olgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etayotgan edi.

"Afrika korpusi" va "Vagner"ga aloqador kanallar Rossiya harbiy texnikasi kolonnasi harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Xabarlarga ko‘ra, ayni paytda Kidal janubiy bazasidan yaradorlar va og‘ir texnikalar olib chiqib ketilmoqda. Keyinroq "Vagner" guruhi bilan bog‘liq manbalar Mali qurolli kuchlari va "Afrika korpusi" Kidal shahrini butunlay tark etganini, shuningdek, halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning jasadlari ham olib chiqilganini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!