Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Afrika davlatlari qashshoq davlatlarni himoya qilish uchun global iqlim solig‘ini joriy etishga chaqirdi

Afrika davlatlari qashshoq davlatlarni himoya qilish uchun global iqlim solig‘ini joriy etishga chaqirdi

Afrika davlatlari eng qashshoq mamlakatlarga, jumladan Afrika mamlakatlariga iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun global soliq to‘lashga chaqirdi.

Bu chaqiriq Nayrobida yakunlangan Afrika iqlim sammitida qabul qilingan Nayrobi deklarasiyasida o‘z aksini topdi.

Sammit yakunida Keniya Prezidenti Uilyam Ruto Nayrobi deklarasiyasi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha global harakatlarning yangi bosqichiga asos bo‘lishini ta’kidladi: “Biz barqaror rivojlanish kun tartibiga ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha birgalikda qat’iylikni namoyish etdik. Sammit davomida Afrika davlatlari birgalikda harakat qilish qobiliyatini namoyish etdilar va insoniyat kelajagi Afrikada ekaniga hech kimda shubha qoldirmadi”.

Nayrobi deklarasiyasi sayyoramiz iqlimini himoya qilish dasturlarini moliyalashtirish uchun global soliqni taklif qiladi. Afrika davlatlari aynan nimaga soliq solishga urinayotgani hozircha noma’lum, ammo sammit arafasida moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan manbalari nomi allaqachon ma’lum bo‘lgan - jahon moliya tizimidagi operasiyalardan undiriladigan mablag‘lar.

Deklarasiya, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarni jalb qilgan holda xalqaro moliya tizimida islohotlar o‘tkazishga chaqiradi. Afrika mamlakatlari uchun ham Xalqaro valyuta jamg‘armasi orqali imtiyozli kreditlashni qo‘llash, shuningdek, qit’aning bir qancha davlatlarining davlat qarzi muammosini hal qilish taklif etiladi.

Afrika davlatlari noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasiga Nayrobi deklarasiyasini taqdim etish niyatida.

Kiritildi: 11:21 07.09.2023. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!