Bugun ertalab Afina markazida, Akropol etagida kuchli portlash sodir bo‘ldi, natijada uch kishi jarohat oldi.
Bu haqda xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Yong‘in xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, portlash tarixiy Plaka mahallasidagi eski ikki qavatli binoda sodir bo‘lgan. Portlash binoning qulashiga olib keldi va qo‘shni binolar ham zarar ko‘rdi.
O‘t o‘chiruvchilar yaqin atrofdagi binodan ikki ayolni qutqarib qolishdi. Ikkala jabrlanuvchi ham kasalxonaga yotqizildi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yo‘lovchilardan biri ham yengil jarohatlar olgan.
Portlash sababi tekshirilmoqda.