Afg‘onistonda internet to‘liq tiklandi, deb xabar berdi Tolo News.
29 sentyabr kuni dunyoda internet erkinligi monitoringi bilan shug‘ullanuvchi NetBlocks tashkiloti optik tolali internetni o‘chirish bilan «Tolibon» mamlakatda «ma’naviyatni ta’minlash choralarini» amalga oshirishni boshlaganini ta’kidladi.
30 sentyabr kuni Afg‘onistonda hukmronlik qilayotgan «Tolibon» harakati bu da’volarni rad qilib, mamlakatda internetning o‘chirilishi «optik tolali infratuzilmaning buzilishi» bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
Associated Press xabariga ko‘ra, bu mamlakatda internetning ilk o‘chirilishi, bu esa bank, savdo va aviasiyada uzilishlarga olib kelgani haqidagi birinchi ommaviy bayonotdir.
«Tolibon» vakili Zabihullo Mujohid so‘zlariga ko‘ra, hozir optik tolali tarmoqlar almashtirilmoqda. «Tolibon» butun mamlakat bo‘ylab internetga kirishni taqiqlagani haqidagi ma’lumotni harakat vakili «mish-mishlar» deb atadi.