09.07.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 23:40 da (09.07.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 18:40 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 36,93 gradus shimoliy kenglik; 70,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 220 km. Zilzila episentri Toshkentdan 497 km janubiy-sharqda.