Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Adolat qaror topdi: 136 mln so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi

Adolat qaror topdi: 136 mln so‘mga yaqin ish haqlari to‘lab berildi

Kuva tumanida yashovchi D.A. uchun 2025 yil bahori haqiqiy kurash maydoniga aylandi. Tibbiyot birlashmasi bilan kelib chiqqan nizo uning salomatligiga putur yetkazgani uchungina emas, balki katta miqdordagi mablag‘ni undirish uchun sud eshiklarini qoqishga majbur qilgandi. Va nihoyat, 18 mart kuni Farg‘ona viloyat sudi uning foydasiga 135 433 630 so‘m kompensasiya undirish haqida qaror chiqardi. Ammo bu g‘alabaning faqat yarmi edi. Qarorning ijro etilishi-chi? Axir, qog‘ozdagi raqamlar D.A.ning hayotini o‘zgartira olmasdi.

Byuroning Kuva tuman bo‘limiga 20 mart kuni yetib kelgan ijro hujjati xodimlarning zimmasiga katta mas’uliyat yukladi. Har bir daqiqa D.A. uchun qimmatga tushardi. Shu bois, tezkorlik bilan qarzdorning mol-mulklariga taqiq qo‘yildi, hisob raqamlariga esa band solindi. Tuman G‘aznachiligi bilan hamkorlikda mablag‘larni undirish mexanizmi ishga tushirildi.

Natija uzoq kuttirmadi. 7 aprel kuni qarzdorning hisob raqamidan to‘liq 136 million so‘mga yaqin ish haqlari undirildi va D.A.ning plastik kartasiga o‘tkazib berildi. Bu xabar D.A.ga haqiqiy bahor sovg‘asi bo‘ldi! Uning yuzida tabassum, ko‘zlarida esa umid uchqunlari paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 15:03 15.04.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!