Yuridik texnikumlarning o‘quvchilari ham stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Ma’lum qilinishicha, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida Adliya vazirligi stipendiyasi ta’sis etildi.
Vazirlik stipendiyasi kunduzgi ta’lim shaklida har bir yuridik texnikumlarning 2-bosqichida o‘qiydigan, ta’lim tilidan qat’i nazar akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan
5 nafardan iqtidorli o‘quvchilarga taqdim etiladi.
Vazirlik stipendiyasiga da’vogarlar yilda bir marta avgust oyining oxirgi 10 kunligida aniqlanadi.