Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Adliya vazirligi jurnalistlarga tahdid aks etgan audioyozuv bo‘yicha Bosh prokuratura bilan hamkorlikda ishlamoqda

Adliya vazirligi jurnalistlarga tahdid aks etgan audioyozuv bo‘yicha Bosh prokuratura bilan hamkorlikda ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq audioyozuv bo‘yicha bayonot berdi. Ma’lum qilinishicha, vazirlik ushbu vaziyatni o‘rganish jarayonida Bosh prokuratura bilan hamkorlik qilmoqda.

«Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlar bo‘yicha holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilayotganligi ma’lum qilindi.

Adliya vazirligi ushbu o‘rganish jarayonida Bosh prokuratura bilan  hamkorlik qilmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 20:05 17.11.2019. O'qildi: 2093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!