Sport kurashlari bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatining 2-kunida -67 kg vazn toifasida barcha raqiblarni mag‘lub etgan Abror Ataboyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ataboyev finalda yaponiyalik Kyotaro Sobagega hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu 21 yoshli kurashchining kattalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida erishgan birinchi chempionligi.