O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar, mandat e’lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida apellyasiya shikoyatini yuborishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov xabar berdi.
"Apellyasiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya yo‘q u saytda.
Apellyasiyada o‘zingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyasion karta Sizga beriladi.
Test topshiriqlari kitobini ko‘rib chiqib, agarda e’tirozingiz bo‘lsa ekspertga uchrashasiz.
Ekspertga Siz o‘z e’tirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak bo‘ladi.
E’tirozlar o‘rinli deb topilsa Sizga shu savol uchun ball qo‘shiladi.
Agarda e’tiroz o‘rinli deb topilmasa, ekspert Sizga bu to‘g‘risida tushuntirish berishi kerak bo‘ladi.
Test sinovlariga kelmagan va chetlashtirilganlar apellyasiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Takroriy apellyasiyaga yo‘l qo‘yilmaydi".