Dunyoga mashhur Forbes Sport jurnali 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan 48 mamlakat futbolchilari orasida eng yuqori daromadga ega o‘yinchilarning yangi reytingini e’lon qildi.
Reytingdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi.
Forbes Sport ma’lumotiga ko‘ra, reyting futbolchilarning yillik daromadlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, unda maoshlar, bonuslar, reklama shartnomalari va boshqa tijoriy tushumlar hisobga olingan.
Abduqodir Husanovning mazkur reytingdan joy olishi uning nafaqat maydondagi muvaffaqiyatlari, balki xalqaro futbol bozoridagi qiymati va tijoriy jozibadorligi ham oshib borayotganini ko‘rsatadi.