Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari 22 iyulga qadar davom etadi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan mazkur yo‘l o‘tkazgich avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi.
Poytaxt hokimligining aniqlik kiritishicha, Toshkentda asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hajmi ortganligi sababli ushbu hududdagi ishlar 22 iyulga qadar davom etadi.