Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Abdulla Qodiriy qanday usulda kartoshka yetishtirgan?

A A A
Abdulla Qodiriy qanday usulda kartoshka yetishtirgan?

O‘zAning yozishicha, yaqinda tashkil  etilgan "Gvardiya" gazetasining  ilk  sonida shu  haqda  qiziqarli ma’lumot e’lon  qilingan.

Qayd  etilishicha,  xalqimizning buyuk adibi Abdulla Qodiriy  ijod qilish bilan birga, usta-bog‘bon, mirishkor dehqon ham bo‘lgan:

U  kishi kartoshka ekish  uchun birinchi yili yerning bir tomonida odam bo‘yi keladigan qilib chuqur qazir ekan. So‘ng yerni chopganda tuproqni hovuz tomonga surib, yerning ikkinchi tomonida chuqur paydo qilarkan. Keyin katta jo‘yak olib kartoshka ekar ekan, kartoshka unib chiqqach, o‘sgani sayin uni ko‘mib, tepaga chiqaraverarkan. Kartoshkalarni ko‘mish shu darajaga yetar ekanki, qazilgan chuqurda bemalol bekinmachoq o‘ynasa bo‘larkan. Yig‘im-terim mahalida har bir tupdan chelak-chelak hosil olgan ekan adib bobomiz...

Kiritildi: 14:06 02.07.2020. O'qildi: 2642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik