Moskvaning SSKA klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning narxi yuqoriladi.
«Transfermarkt» portali ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchimizning yangi narxi 6 million yevrodan 8 million yevroga oshdi.
Fayzullayev RPL joriy mavsumida 16 ta o‘yinda 2 ta gol, 3 ta assist berdi.