Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

9600 dollarlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

9600 dollarlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar SH.R., S.I. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro M.A.ga Chilonzor tumani “Bunyodkor” shoh ko‘chasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 000 dona “Nicozone S” va 800 dona “Infera” nomli xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini 9 600 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan jami 8 turdagi 9 720 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:39 21.11.2022. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!