Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”

“9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Toshkent shahar sudi hamkorligida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida 9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

Tadbirda Oliy sud raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Xalilullo Turaxujayev, Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi rais o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari Sadoqat Safoyeva va Axror Sulaymonov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisi Bexzod Sagatov hamda sudyalari, Bosh prokuratura boshqarmasi prokurori Dilshod Temiraliyev, Mirobod tuman MFY raisi va rais o‘rinbosarlari, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori E. Saydamatov, direktor o‘rinbosari SH.Mirzayev, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va 70 nafar talabalar ishtirok etishdi.

“9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”“9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”“9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”“9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”

Yig‘ilish kun tartibidan: “9 dekabr – Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan profilaktik tadbir, 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani, talaba-yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish va takomillashtirish, Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini bartaraf etish mavzulari o‘rin oldi.

Tadbir avvalida BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq 2004 yildan boshlab, “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanib keliinishi ta’kidlandi. Hozirgi kunda korrupsiyaning oldini olish bilan bog‘liq qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Byudjet kodeksi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida” hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinganligiga alohida e’tibor qaratildi va taklif etilgan ishtirokchilar bilan yig‘ilganlarni tanishtirildi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi X. Turaxujayev so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017 yil yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQning qabul qilingani – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berganini ta’kidladi.

— 2019 yil 27 mayda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni qabul qilindi, - deydi Oliy sud raisi o‘rinbosari X. Turaxujayev. Shuningdek, mazkur Farmonga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

So‘z navbatini olgan Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov esa sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish, davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga va yuqori lavozimlarga tayinlashning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, ta’qiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsyaining oldini olishda boshqa mexanizmlarning aniq ro‘yxatini belgilash, davlat xizmatchilari daromadlarini deklorasiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlarining hisobdorligi va faoliyati shaffofligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazish va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish kerakligi to‘g‘risida keng tushuntirish berdi.

— 2017 yil Prezidentimizning 7 fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini va uning 2-bandi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qononchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam hamda huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan. Albatta bu qo‘yilgan vazifalar zamirida yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi vazifalar ham yotadi, - dedi Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov

Tadbirda so‘z olgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi N.Zoxidova “O‘zbekistonda xotin-qizlariga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini bartaraf etish” mavzuidagi taqdimoti va nutqi bilan ishtirok etdi. Sudya xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymaslik O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida mustahkamlanganiga urg‘u berdi.

Ishtirokchilar ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish sohasidagi ijobiy yutuqlarni, xususan respublika bo‘ylab tashkil etilgan ayollarning ijtimoiy moslashuv markazlari tashkil etilgani, maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar uchun yagona “ishonch telefon” raqamlari ishga tushirilgani, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun psixologlarning ishlashini tashkil etilgani, zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha tashviqot ishlari kuchaytirilgani e’tirof etildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javoblar ham olishdi.

Kiritildi: 19:16 03.12.2021. O'qildi: 3393 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!