Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

8 trillion dollar qurol-yarog‘ uchun

8 trillion dollar qurol-yarog‘ uchun

"Katta yettilik" davlatlarining kelgusi 10 yil ichida mudofaa xarajatlarini oshirish rejasi taxminan 8 trillion dollarga yetishi mumkin. Bu 2026 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiyaning umumiy yalpi ichki mahsulotining qariyb 15 foiziga teng.

Bu haqda Reuters AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq admirali, hozirda The Carlyle Group moliyaviy gigantida boshqaruvchi direktor va hamkor sifatida faoliyat yuritayotgan Jeyms Stavridis baholariga tayanib xabar berdi.

Stavridis ma’lumotiga ko‘ra, "Katta yettilik" davlatlarining mudofaa xarajatlari YAIMning 2 foiziga yetgan — bu so‘nggi 30 yildan ortiq davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib bu ulush 3,8 foizgacha oshishi mumkin.

Uning aytishicha, faqat Yevropaning o‘zida mudofaa sohasidagi kengroq maqsadlar kelgusi 10 yilda qo‘shimcha 4–5 trillion yevro, ya’ni taxminan 4,5–5,7 trillion dollar xarajat talab qilishi mumkin. Agar tegishli infratuzilma xarajatlari ham qo‘shilsa, bu summa 9 trillion yevrogacha yetishi ehtimol qilinmoqda.

2027 moliya yilida AQSh mudofaa xarajatlarini rekord darajadagi 1,5 trillion dollargacha oshirish rejalashtirilmoqda. Stavridis keltirgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, bu AQSh YAIMining taxminan 4,6 foiziga teng bo‘ladi va 1980-yillardagi sovuq urush davri darajalariga yaqinlashadi.

Stavridisning fikricha, yangi harbiy xarajatlar avvalgi xaridlardan farq qiladi. Bu safar harbiy kemalar va tanklarga kamroq, texnologiyalar, uchuvchisiz qurilmalar, kiberxavfsizlik va harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan sun’iy intellektga esa ko‘proq mablag‘ ajratiladi.

Kiritildi: 23:40 05.10.2026. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!