Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
10–16 iyun kunlari yurtimizda kutilayotgan yomg‘irlar sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu holat ayrim hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.