Gollivud aktrisasi Julia Roberts sotib olgan yangi uy shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
“Juliya Roberts San-Fransisko shahri markazida joylashgan tarixiy besh qavatli "Viktoriya uyg‘onish uyi" uchun 8,3 million dollar sarfladi”, — deb yozadi jurnalistlar.
Keng tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 54 yoshli Juliya 6245 kvadrat metrga teng uy sotib olgan.
1907-1908 yillarda me’mor Silven Shnayttaxer tomonidan qurilgan va Jon Uitman tomonidan rekonstruksiya qilingan uy San-Fransisko ko‘rfaziga va Oltin darvoza ko‘prigiga qaraydi.
Uy besh qavatli, ikki mashinaga mo‘ljallangan garaj, vino yerto‘lasi va bog‘i bor.