Florida shtati universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 78 milliondan ortiq AQSh fuqarosi prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz bergan.
Qayd etilishicha, saylov uchastkalariga 42,6 milliondan ortiq kishi shaxsan tashrif buyurgan, 35,3 millionga yaqin kishi esa pochta orqali ovoz bergan.
TASS xabariga ko‘ra, mamlakatda ro‘yxatga olingan saylovchilarning umumiy soni qariyb 168 millionni tashkil etadi.