Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

7725. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga oshdi

7725. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga oshdi

2020 yil 28 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7725 (+43) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 30 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 5240 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2465 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 
 

Kiritildi: 10:04 28.06.2020. O'qildi: 2858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!