Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

7 yoshli bolada 526 ta tish chiqdi

7 yoshli bolada 526 ta tish chiqdi

Hindistonda shifokorlar 7 yoshli bolaning 526 ta qo‘shimcha tishini olib tashlashdi. So‘nggi paytlarda bola tez-tez pastki jag‘idagi kuchli og‘riqlardan shikoyat qilgan. Rentgen va kompyuter tomografiyasi quyidagilarni ko‘rsatdi: og‘iz bo‘shlig‘ida juda ko‘p miqdordagi mayda oddiy tishlar bilan ajralib turadigan shish bor.

Hindistonlik shifokorlar shoshilinch jarrohlik aralashuvi zarurligini aytishdi. Bola bir necha soat davomida operasiya qilindi va oxir-oqibat tishlar muvaffaqiyatli olib tashlandi. Shifokorlarning aytishicha, bemorning ahvoli qoniqarli.

Mutasiyaning sabablari haqidagi savolga shifokorlar hali ham aniq javob berishda qiynalmoqda. Ular anomaliya qandaydir irsiy kasallikning oqibati bo‘lishi mumkinligini aytishdi.

Hindistonlik shifokorlar oxirgi marta 2014 yilda xuddi shunday anomaliyaga duch kelishgan. O‘shanda bemor operasiya qilinib, 232 ta tishi olib tashlangandi.

Kiritildi: Bugun 06:41. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!